Yangiliklar

Qoraqalpog‘istonda transport vaziri o‘zgardi

Lavozimga Paraxat Kaipbekov tayinlandi
Foto: O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati

Paraxat Kaipbekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun 8-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Transport vazirligida transport xizmatini ko‘rsatish hamda soha bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirishga doir tashkiliy masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Sh.Dauletiyarov boshchiligida o‘tkazildi hamda yig‘ilish yakunlari bo‘yicha lavozimga tayinlov e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, Paraxat Kaipbekov shu kunga qadar «QQavtotexxizmat» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Asakabank» boshqaruvi raisining o‘rinbosari Bunyod Mamadjonov Toshkentning Uchtepa tumani hokimi bo‘lgani haqida xabar bergan edi.