Uzum Tezkor va Korzinka Go hamkorlikda yetkazib berish xizmatini yoʻlga qoʻydi

eʼlon qilindi
Uzum Tezkor ilovasida Korzinka Go assortimentining 28 toifasida keltirilgan 10 mingdan ortiq mahsulotlar bor
Foto: Uzum

Uzum Tezkor va Korzinka Go hamkorlikda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni boshladi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistanʼga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Uzum Tezkor ilovasida Korzinka Go assortimentining 28 toifasida keltirilgan 10 mingdan ortiq mahsulotlar bor. Buyurtmalar Korzinka omborlarida yigʻilib, Uzum Tezkor kuryerlari tomonidan yetkazib beriladi.

Bugungi kunda Korzinka Go doʻkonlaridan Uzum Tezkor orqali faqatgina Toshkent shahrida yetkazib berilmoqda, ammo kelgusida ushbu xizmatdan boshqa shaharlarda ham yo‘lga qo‘yiladi.

Biz oziq-ovqat yetkazib berishga boʻlgan talab doimiy ravishda oshib borayotganini kuzatmoqdamiz va foydalanuvchilar uchun oziq-ovqat assortimentini kengaytirish ustida faol ishlamoqdamiz. Malumotlarga koʻra, Uzum Tezkor ilovasida oziq-ovqat doʻkonlaridan kelgan buyurtmalar soni 50 foizga oshdi”, – deydi Uzum Tezkor chakana savdo boʻlimi boshligʻi Ivan Gordinskiy.

Eslatib oʻtamiz, Uzum Tezkor yangi foydalanuvchilarning ilk uchta buyurtmasiga TEZ3 promokodi bilan 20 000 soʻmli chegirma va bepul yetkazib berish imkoniyatini taklif etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat fuqarolari Uzum tezkorʼdan eng koʻp qaysi taomga buyurtma bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek