Yangiliklar

Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti Janubiy koreyalik yozuvchiga berildi

Uning asarlari «tarixiy jarohatlar va inson hayotining nozikligini aks ettiruvchi kuchli nasriy she’riyat» sifatida e’tirof etildi
Foto: Nobel Prize

2024-yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti Janubiy koreyalik yozuvchi Xan Kanga topshirildi.

Uning asarlari «tarixiy jarohatlar va inson hayotining nozikligini aks ettiruvchi kuchli nasriy she’riyat» sifatida e’tirof etildi. Mukofot miqdori taxminan $1,06 millionga teng. Pul mukofotidan tashqari, Shvetsiya qiroli sovrindorlarga medal va diplomlarni topshiradi.

Eslatib oʻtamiz, 11-oktabr kuni Osloda tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari nomi e’lon qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari ma’lum boʻlgani haqida xabar bergan edi.