Bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish borasida fikrlar qabul qilinmoqda
eʼlon qilindi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi bu borada so‘rov o‘tkazmoqda
Bolalarga nisbatan zoʻravonlikka oid fikr bildirish mumkin boʻlgan platforma ishlab chiqildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan U-Report (@UReportUzbBot) platformasida ayni bolalarga nisbatan zoʻravonlik mavzusida soʻrov oʻtkazilmoqda. Unda qoʻshni uyda zoʻravonlik boʻlayotganini bilib qolgan vaziyatda qanday munosabat bildirish mumkinligi, jamiyatda bolalarga nisbatan zoʻravonlik bilan kurashish choralari borasida fikrlar qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini erkin sotish uchun platforma ishga tushirilgan edi.