Centrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Xitoyning uchinchi yirik shahri Guanchjouga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻymoqda. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, birinchi reys 3-noyabr kuni amalga oshiriladi. Ekonom-klassdagi chiptalar narxi 9,2 mln so‘mdan boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Guanchjou Kanton savdo ko‘rgazmasi va turli mahalliy restoranlar bilan mashhur.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Silk Avia Fargʻona va Samarqand oʻrtasida muntazam reyslarni yoʻlga qoʻygani haqida yozgan edi.