Yangiliklar

Dollarning narxi pasayishni davom ettirmoqda

Colin Watts / Unsplash
Foto: Colin Watts / Unsplash

10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning rasmiy narxi 9,70 so‘mga pasaydi va 12 768,30 so‘mni tashkil qildi.

Banklar AQSh valyutasini 12 715 – 12 760 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 780 – 12 840 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 9-oktabr kuni dollarning rasmiy qiymati 9,03 so‘mga pasaygan edi.