Yangiliklar

Ipoteka oluvchilar soni qariyb 20 foizga qisqardi

Toshkent shahridan keyingi yirik bozorlar Samarqand va Farg‘ona viloyatlari bo‘lib turibdi
Foto: Asia-plus.com

2024-yilning 9 oyida ipoteka bozoridagi holat o‘tgan yillarga qaraganda ancha past ko‘rsatkichda turibdi. Statistika Markaziy bank rasmiy kanalida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, shu yilning 9 oyi ichida 11,7 mlrd soʻmlik ipoteka kreditlari ajratildi. Bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 490,3 mlrd soʻm kamdir.

Ipotekaning qisqarishi Moliya vazirligi mablagʻlari 193,3 mlrd soʻm, banklarning oʻz mablagʻlari 222,0 mlrd soʻm va Ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi 78,5 mlrd soʻmga qisqargan.

Shuningdek, ipoteka oluvchilar soni qariyb 20 foizga, 42 790 nafargacha kamaygan (-10 653).

Bitta ipotekaning oʻrtacha qiymati oʻtgan yilgi 228,6 mln soʻmdan 274,0 mln soʻmgacha yoki 19,9 foizga ko‘tarilgan.

Tijoriy ipotekani oʻrtacha stavkasi 23,8 foizdan 25,0 foizgacha koʻtarilgan, imtiyozli ipotekaning oʻrtacha narxi oʻzgarishsiz 17,5 foizda qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning qaysi banki ipoteka poygasiga qo‘shilgani haqida yozgan edik.