Bugun, 10-oktabr kuni «JCh – 2026» 3-saralash bosqichi doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi Eron termasiga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida soat 19:00 da boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Eron terma jamoalari ortda qolgan ikkinchi turdan keyin guruhda olti ochkodan jamgʻargan holda peshqadamlik qilmoqda.
Guruhning qolgan bahslarida Qatar qoʻshnilarimiz Qirgʻiz Respublikasiga qarshi maydonga tushsa, BAA oʻz maydonida Shimoliy Koreyani qabul qiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes sogʻligidagi muammolar sabab Eron va BAAga qarshi oʻyinlarda ishtirok etma olmasligi haqida xabar bergan edi.