O‘zbekiston Afg‘onistonda gazni qazib oladi va issiqlik elektr stansiyalarini quradi

eʼlon qilindi
Investitsiyalar hajmi 1 milliard dollarni tashkil etadi
Foto: X ijtimoiy tarmog‘i

«Tolibon» ma’muriyati va Oʻzbekiston Afgʻonistonning Jauzjon va Faryob provinsiyalardagi Tuti-Maydon zaxirasida tabiiy gazni oʻzlashtirish boʻyicha 1 milliard dollarlik shartnoma imzoladi, deb xabar qildi Afgʻoniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Abdul-Gʻani Baradar idorasi.

O‘zbekiston o‘n yil ichida loyihaga sarmoya kiritishi kerak. Birinchi yil davomida Afg‘onistondagi gaz koniga $100 mln sarmoya kiritiladi, ikki yil ichida esa 100 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi (IES) quriladi.

Hujjat «Tolibon» bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul-G‘ani Baradar va O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Ismatulla Irgashev ishtirokida imzolandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zR Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdul G‘affor Teravi bilan uchrashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek