Yangiliklar

Sankt-Peterburgda “Oʻzbekistonning Leningradni ozod qilishga qoʻshgan hissasi” fotokoʻrgazmasi bo‘lib o‘tdi

Mehmonlar O‘zbekistonning oshpazlik an’orlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lib, "prezident plovi"ni tatib ko‘rdi
Foto: Leningrad mudofaasi va blokadasi muzeyi

Sankt-Peterburgda «O‘zbekistonning Leningradni ozod qilishga qo‘shgan hissasi» fotoko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

Ushbu ko‘rgazma o‘zbekistonliklarning urush davridagi jasoratlari va blokada vaqtida ko‘rsatgan yordamlarini yoritadi. Shuningdek, mehmonlar O‘zbekistonning oshpazlik an’orlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lib, «prezident plovi»ni tatib ko‘rdi.

Leningrad mudofaasi va blokadasi muzeyi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma har yili 9-oktabrda nishonlanadigan Peterburg hamda O‘zbekiston do‘stligi kuniga bag‘ishlangan. Ekspozitsiyada O‘zbekiston milliy arxiv agentligi «Uzarxiv»ning arxiv rasmlari namoyish etildi.

 «O‘zbekiston bilan bizning o‘rtamizda ko‘p narsa bor. Hozirda biz munosabatlarda yuksak cho‘qqiga yetdik», — dedi ko‘rgazma ochilishida Sankt-Peterburg tashqi aloqalar komiteti raisi Yevgeniy Grigorev.

1,5 milliondan ortiq o‘zbekistonlik ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. Shuningdek, ko‘plab leningradliklar, jumladan, besh mingta bola, O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston Sankt-Peterburgga sabzavot va mevalar yetkazib berishga qiziqish bildirgani haqida xabar bergan edi.