O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

eʼlon qilindi
To‘fon shtatning 51 ta shahriga xavf solmoqda
Foto: Wbtw.com

AQShning Florida shtatiga «Milton» to‘foni yopirilgani sababli O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolaridan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, elchixonaning +1-202-251-8298 va +1-202-300-9526 telefon raqamlari shoshilinch murojaatlarni qabul qiladi.

Shuningdek, elchixona Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Amerika federal agentligining (FEMA) quyidagi ishonch telefonlariga murojaat qilishni tavsiya qiladi: tez tibbiy yordam 911; Federal favqulodda vaziyatlar agentligining «ishonch telefoni»: (800) 621-3362 / (800) 462-7585 / (800) 985-5990; umumiy savollar uchun: 202-646-2500; Florida shtatining ishonch telefoni: +1-800-342-3557; Florida evakuatsiya yordami: +1-800-729-3413 (soat 07:00 dan 19:00 gacha).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Florida shtatiga toʻfon yopirilgani haqida batafsil yozgan edik.

Shuningdek