Paxta yig‘im-terimiga majburlash holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi — Milliy komissiya

eʼlon qilindi
Murojaatlar uchun ishonch telefon raqamlari yo‘lga qo‘yildi
Foto: Mehnat.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan paxta yig‘im-terimiga majburlash bilan bog‘liq xabarlarga Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya rasmiy munosabat bilan chiqdi. Bu haqda O‘zR Oliy Majlisi Senati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, paxta yig‘im-terimiga chiqmagan fuqarolarga nafaqa puli to‘lanmasligi, shu bilan birga, maktab o‘qituvchilarining majburan paxta yig‘im-terimiga jalb qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Milliy komissiya ushbu holatlar yuzasidan o‘rganish olib bordi va mas’ullarning faoliyatiga huquqiy baho berdi.

Bu kabi holatlar ro‘y bersa, 1282 yoki 1092 qisqa raqamlari va @munosibmehnat_bot telegram boti murojaatlarni qabul qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Better Cotton o‘zbek paxtakorlarini baholashi haqida yozgan edi.

Shuningdek