Prezident Ashxobod shahrida kutib olindi

eʼlon qilindi
11-oktabr kuni Maxtumquli Firog‘iy tavalludiga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tadi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, davlat rahbarini aeroportda Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari Tangriguli Ataxalliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Foto: President.uz

O‘zbekiston yetakchisi turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan «Zamon va sivilizatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi – tinchlik va taraqqiyot asosi» xalqaro forumining yalpi majlisida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

Shuningdek, ikki davlat rahbari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkaziladi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari kengashida ishtirok etib, o‘z takliflarini bergan edi.

Shuningdek