Yunusobod tuman prokuraturasi katta tergovchisi MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan boʻlgan jinoyat ishini uning foydasiga ijobiy hal qilish uchun $40 ming olib noma’lum joyga yashiringan. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, fuqaro o‘z arizasida jinoiy ishni hal etish uchun pul mablagʻi talab qilinganini ma’lum qilgan. Ushbu ariza asosida joriy yilning 7-oktabr kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida ayblanuvchi ariza muallifidan kelishilgan $40 mingni olib, jinoiy taʼqibdan qutulish maqsadida nomaʼlum tomonga yashiringan.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a» bandi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatdi va qidiruv e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Taxiatosh, Boʻston va Boʻka tumanlari hokim oʻrinbosarlari pora ustida ushlangan edi.