Sahroi Kabirni 50 yil ichida birinchi marta suv bosdi – foto

eʼlon qilindi
Mintaqadagi yog‘ingarchilik iqlimga ta’sir qilishi mumkin
Foto: AP Photo

Koʻp miqdordagi yogʻingarchilik tufayli Sahroi Kabir choʻlini 50 yil ichida birinchi marta suv bosdi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.

«Qisqa vaqt ichida shunchalik koʻp yomgʻir yogʻganiga 30 – 50 yil boʻldi», – deydi Marokash meteorologiya boshqarmasi vakili Hussin Yabeb.

Foto: AP Photo

Yabebning qoʻshimcha qilishicha, bunday yomgʻirlar kelgusi oylar va yillar uchun mintaqadagi ob-havoni oʻzgartirishi mumkin. Uning soʻzlariga koʻra, havo koʻproq namlikni ushlab turadi, bu esa boʻronlar xavfini oshiradi.

Foto: AP Photo

Yomgʻirlar Marokash va Jazoirda 20 dan ortiq odamlarning hayotiga zomin boʻldi va dehqonlarning ekinlariga zarar yetkazdi.

Shu bilan birga, kuchli yogʻingarchilik mintaqadagi yer osti suvlarini toʻyintirishi mumkin, chunki Marokash olti yildan beri qurgʻoqchilikdan aziyat chekayotgan edi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga chaqirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek