Turkiya darsliklarida Markaziy Osiyo nomi Turkistonga oʻzgartiriladi
Turkiyada tarix darsliklarida Markaziy Osiyo nomi oʻrniga Turkiston atamasi qoʻllaniladi. Bu haqda Turkiya Milliy ta’lim vazirligiga tayanib, TRT xabar berdi.
Vazirlikning fikricha, bu tashabbus maktab oʻquvchilarida vatanparvarlik va milliy oʻzlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mutaxassislar oʻquv dasturiga kiritilgan oʻzgartirishlarda Turkiyaning boshqa turkiy davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston bilan madaniy hamda tarixiy aloqalarini o‘rnatayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, ular maktab oʻquv dasturiga yangi atama kiritilishini Anqarani mintaqa mamlakatlari bilan yaqinlashtirish siyosatining bir qismi sifatida koʻrish mumkinligini qayd etmoqda. Sentabr boshida turkiy davlatlar yagona alifbo loyihasini ma’qulladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqlagani haqida xabar bergan edi.