Ukraina Telegram messenjerini toʻliq blok qilishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Tashabbuslarga qaramay, ukrainaliklarning atigi 9 foizi Telegramʼdan foydalanishni toʻliq taqiqlashni yoqlaydi
Фото: diy13@ya.ru / Depositphotos.com

Ukraina televideniye va radioeshittirish milliy kengashi Telegram messenjerini mamlakatda butunlay blok qilishga chaqirmoqda. Bu haqda «TASS» nashri xabar berdi.

Milliy kengashning taʼkidlashicha, ushbu messenjerdan kengash xodimlari oʻrtasida foydalanish taqiqi bir yil avval joriy etilgan. Kengash Ukraina rasmiylari turli ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarni, jumladan, Telegramʼni taqiqlash masalasini bir necha bor koʻtarganini aytdi.

Bu tashabbuslarga qaramay, Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari shuni koʻrsatdiki, ukrainaliklarning atigi 9 foizi Telegramʼdan foydalanishni toʻliq taqiqlashni yoqlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pavel Durov Telegramʼda 10 ta yangi funksiya ishga tushishini maʼlum qilgani edi.

Shuningdek