Xabarovskda O‘zbekiston mahsulotlari uchun logistik markaz yaratish rejalashtirilmoqda

eʼlon qilindi
Ushbu loyiha Rossiyaning mintaqaviy hukumatida muhokama qilindi
Foto: Guberniya

Xabarovskda O‘zbekistondan keladigan mahsulotlar uchun maxsus taqsimot markazi tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda mahalliy «Guberniya» onlayn portal xabar berdi.

Loyiha O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli Yusup Qobiljonov va Xabarovsk o‘lkasi gubernatori Dmitriy Demeshin uchrashuvida muhokama qilindi.

Tomonlar tovar ayirboshlashni faollashtirish imkoniyatlari, biznes missiyalarni tashkil etish va mahalliy mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport va turizm sohalarida hamkorlik qilish yo‘llari muhokama qilindi.

«Biz O‘zbekiston bilan hamkorlikni faollashtirish ustida ish olib boramiz. Hozircha salohiyat to‘liq ochilmagan deb hisoblaymiz», — dedi Demeshin.

Eslatib o‘tamiz avvalroq, Kursiv Uzbekistan o‘zbek diplomati Rossiya mukofoti bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek