Xitoyda pora olgan mansabdor o‘lim jazosiga hukm qilindi

eʼlon qilindi
$54,55 mln qiymatdagi pora olganlikda ayblanmoqda
Foto: Reuters.com

Xitoy markaziy banki gubernatorining sobiq o‘rinbosari Fan Yifey ikki yillik muhlat bilan pora olgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, amaldor mansabidan foydalangan holda qiymati 386 mln yuandan ($54,55 mln) ortiq bo‘lgan mulkni noqonuniy qabul qilganlikda aybdor deb topildi.

Ikki yillik muhlatdan so‘ng Fanning o‘lim jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtirilishi mumkin, bundan boshqa hech qanday yengillik yoki shartli ozod qilishning imkoni yo‘q, deya xabar beradi Xubey provinsiyasidagi Huanggang oraliq xalq sudi.

Ma’lumot uchun, 60 yoshli Fan Xitoy Xalq bankining eng yuqori martabali amaldori bo‘lib, prezident Si Tszinpinning so‘nggi o‘n yil ichida moliya sektoridagi korruptsion amaldorlarni yo‘q qilishga qaratilgan kampaniyasi doirasida hibsga olindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq pora olganlikda ayblangan Alisher Usmonov Germaniyaning ARD telekanaliga qarshi sudda g‘alaba qozongan edi.

Shuningdek