Eron Saudiya Arabistoniga neft inshootlariga zarba berish bilan tahdid qilmoqda
Eron rasmiylari Saudiya Arabistoniga mamlakatning neft inshootlariga zarba berish bilan tahdid qildi. Bu haqda Reuters manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Ar-Riyod Eronga hujum qilishda Isroilni qoʻllab-quvvatlasa, Tehron bu qadamni tashlaydi, shuningdek, Qirollikka Eronning Yaman yoki Iroqdagi ittifoqchilari ham hujum qilishi mumkin.
Prinston universitetining Yaqin Sharq tadqiqotlari kafedrasi professori Bernard Xaykel ikki davlatning hududiy yaqinligi tufayli Ar-Riyod Erondan kelayotgan hujumlarga nisbatan zaif ekanini qoʻshimcha qildi.
Isroilga Fors koʻrfazi davlatlari Eronga hujum qilish uchun havo hududidan foydalanishga ruxsat bermaydi. Bu haqda mintaqa davlatlari ham AQSh rasmiylarini xabardor qilgan.
Agar Isroil hukumati Eron neft obyektlariga hujum qilishga qaror qilsa, bu Eron neftining asosiy xaridori Xitoyga salbiy ta’sir qiladi. Isroilning Eronga hujumi AQSh prezidentligiga nomzod Kamala Xarrisning saylovoldi kampaniyasiga ham ta’sir qiladi.
«Agar neft narxi bir barrel uchun $120 gacha koʻtarilsa, bu AQSh iqtisodiyotiga ham, Xarrisning saylovdagi imkoniyatlariga ham zarar keltiradi. Shuning uchun ular (amerikaliklar – tahr. Reuters) neft urushining kengayishiga yoʻl qoʻymaydi», – deya vaziyatni izohladi anonim agentlik manbasi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tehron mintaqada keng koʻlamli urush olib borishga intilmayotgani haqida xabar bergan edi.