Yangiliklar

Jeki Chan oqargan sochlari bilan muxlislarni hayratda qoldirdi

Jeki Chan 1954-yil 7-aprelda Gonkongda tug‘ilgan
Foto: The Sun

Xitoylik aktyor Jeki Chan ijtimoiy tarmoqda tarqalgan surati muxlislari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda The Sun nashri ma’lum qildi.

«Bolalikdagi film qahramonlarini qanday qariganini ko‘rish hayratlanarli», deb yozadi aktryorning ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislaridan biri.

Ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Jeki Chan 70 yoshida ham ancha yaxshi ko‘rinishda ekanligini a’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Jeki Chan 1954-yil 7-aprelda Gonkongda tug‘ilgan va 150 dan ortiq filmlarda, jumladan, «Mast usta» va «Shoshilinch fursat» kabi turli filmlarda suratga tushgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Xitoyda pora olgan mansabdor o‘lim jazosiga hukm qilingani haqida yozgan edi.