Sun’iy intellekt va kriptobozor kurslariga qabul e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Kursni o‘tkazish uchun xalqaro ekspertlar, jumladan, Tether bosh direktori Paolo Ardoino ishtirok etadi
Foto: ILMA

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Tether kompaniyasi hamda Gruziya biznes va texnologiya universiteti tomonidan Mastering The Blockchain onlayn ta’lim kursiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

Kurs davomida bitkoinlar, steyblkoinlar, sun’iy intellekt, P2P texnologiyalari, blokcheyn asoslari va moliyaviy ta’siri, shuningdek, markazlashmagan moliya (DeFi) haqida bilimlar beriladi.

Kursni oʻtkazish uchun xalqaro ekspertlar, jumladan, Tether bosh direktori Paolo Ardoino, bitkoin boʻyicha maslahatchi Giakomo Zukko va Tetherning tartibga solish boʻyicha vise-prezidenti Giles Dixon ishtirok etadi.

Kurs har qanday darajadagi bilimga ega boʻlganlar uchun moʻljallangan boʻlib, umumiy kompyuter koʻnikmalari va ingliz tilini bilish zarur. Kurs davomida talabalar «P2P» ilovalari gʻoyalarini ishlab chiqish uchun hamkorlik qiladi va tanlovda ishtirok etadi.

Tanlovda gʻoliblar blokcheyn ekspertlari tomonidan aniqlanadi va quyidagi mukofotlar taqdim etiladi:

  • 1-oʻrin: 2500 USDT
  • 2-oʻrin: 1500 USDT
  • 3-oʻrin: 1000 USDT

Kurs joriy yilning 29-oktabrdan 26-noyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Ariza topshirishning oxirgi muddati esa 20-oktabr kunigacha etib belgilangan. Kurs haqida batafsil ma’lumotni masteringblockchain.ge saytida topish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda uchta kripto-doʻkonning faoliyati olti oyga toʻxtatilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek