Yangiliklar

Mirziyoyev Berdimuhamedovga Magtimquli asarlari toʻplamini sovgʻa qildi

Turkmaniston O‘zbekistonning savdo hamkorlari orasida oltinchi o‘rinda turadi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev shoir Maxtumquli tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan forumda Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Mirziyoyev Berdimuhamedov bilan muzokaralar chog‘ida unga Maxtumqulining tanlangan asarlari to‘plamini sovg‘a qildi.

Ikki davlat vakillari O‘zbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

Tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oshgani, qo‘shma investitsiya loyihalari yo‘lga qo‘yilgani va O‘zbekiston Respublikasining Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyati chegarasida savdo zonasi barpo etilayotganini qayd etdilar.

2024-yilning yanvar – avgust oylari yakunlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $805 mlnga yetdi, Turkmaniston O‘zbekistonning savdo hamkorlari orasida oltinchi o‘rinni egalladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Eronning yangi prezidenti bilan uchrashgani haqida yozgan edi.