Namangandagi jamoat transportlari Yutong avtobuslari bilan yangilandi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Avtobuslar ikkita yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi
Namanganda 10-oktabrdan Xitoyning «Yutong» ishlab chiqaruvchi kompaniyasining 26 ta avtobusi harakatlana boshladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, avtobuslar «Otchopar – Taxtakoʻprik» va «Yuksalish – Chorsu» yoʻnalishlarida harakatlanadi.
Boshqarma bu tashabbuslarni prezident Shavkat Mirziyoyevning jamoat transportini isloh qilish to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdan bir qancha viloyatlarga yangi avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilishi haqida yozgan edi.