NKMK $1 milliardlik xalqaro obligatsiyalarni chiqardi
«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» (NKMK) aksiyadorlik jamiyati $1 milliard miqdoridagi oʻzining birinchi xalqaro yevroobligatsiyalarini chiqardi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, emissiya har biri to‘rt va yetti yillik toʻlov muddati bilan $500 millionlik ikki transhni oʻz ichiga oladi. Qimmatli qogʻozlarning daromadi toʻrt yillik transh uchun yillik 6,7 foiz va yetti yillik uchun 6,95 foizni tashkil qiladi.
Bu Oʻzbekiston emitentlari oʻrtasida 2019-yildan buyon eng yirik bitim hisoblanadi. Shuningdek, 2020-yil iyul oyidan buyon MDHdagi eng yirik emissiyalaridan biridir.
NKMK oʻz tarixidagi birinchi kredit reytingini S&P Global Platts tomonidan «BB+“ va Fitchʼdan “BB» darajasida olgan.
Eslatib oʻtamiz, NKMK bir necha yillardan beri xalqaro obligatsiyalarni chiqarishni rejalashtirib kelayotgan edi.