Oʻzbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsuli Yusuf Qobuljonovning OAV vakillariga murojaat qildi. Diplomat ommaviy axborot vositalari oʻzbeklar sodir etgan jinoyatlar haqidagi xabarlarni joylar ekan, ularni Oʻzbekiston fuqarolari deb aytilayotganidan noroziligini bildirdi. Bu haqda «FederalPress» xabar berdi.
“Oʻzbek – bu millat, boshqa davlat fuqarosi boʻlishi ham mumkin. Bu uning Oʻzbekiston fuqarosi deganini anglatmaydi. Men so‘ramoqchimanki, agar yozsalar fuqaroligini ko‘rsatib yozsin, – deydi Qobuljonov.
Bosh konsulning soʻzlariga koʻra, oʻzbeklar turli davlatlarning pasportlariga ega boʻlishi mumkin. Agar uning fuqaroligi koʻrsatilmasa, faktlar buzib koʻrsatilib millatlararo adovat qoʻzgʻalishiga olib kelishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bloger Jurabek Amonov Rossiyadan deportatsiya qilingani haqida xabar bergan edi.