O‘zbekistonga sovuq havo massalari kirib keladi
eʼlon qilindi
Tog‘larda qor yog‘ishi kutilmoqda
13-oktabr yakshanba kuni O‘zbekiston shimoliga sovuq havo massalari kirib keladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev.
13-oktabrdan 17-oktabrgacha kechasi havo harorati +3…+8° bo‘lishi kutilmoqda. Mamlakat shimolida – 0…+2° gacha. Respublikada oʻrtacha havo harorati kunduzi +13…+18° iliq boʻladi.
Bundan tashqari, 13-oktabrdan 15-oktabrgacha respublikada yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik, baland tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani haqida yozgan edi.