Rossiya sudi Wildberries marketpleysining asoschilaridan biri Vladislav Bakalchukning da’vosi bo‘yicha ta’minot choralarini qo‘llashni rad etdi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar berdi.
Xususan, u sobiq rafiqasi Tatyana Kimning biznesdagi ulushini muzlatishni so‘ragan edi.
Sudning rad etishiga sabab sifatida Wildberries va boshqa yuridik shaxslarning faoliyatini bloklash xavfi ko‘rsatilgan. Shuningdek, ishga aloqador shaxslarning obro‘siga ta’sir ko‘rsatish xavfi ham qayd etildi. Bakalchuk ushbu qarorni apellyatsiya qilish huquqiga ega.
Shu bilan birga, sud da’voni ishlab chiqishga qabul qildi. Ish bo‘yicha dastlabki sud majlisi 11-noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ushbu da’vo haqida xabar bergan edi. Bakalchuk sobiq turmush o‘rtog‘idan tashqari, «RVB» MChJ va «Vayldberriz» MChJga nisbatan ham da’vo arizasini kiritgan.
Tadbirkor marketpleysning shuba kompaniyalari aktivlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topishni talab qilmoqda. Talablar umumiy summasi 350 milliard rubldan (qariyb 47 trillion so‘m) oshadi.