Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti kimga berildi
2024-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shahriga tashlangan atom bombalaridan jabrlanganlarni birlashtirgan Nixon Hidankyo tashkilotiga berildi.
Qayd etilishicha, mukofot yadro qurollaridan xoli dunyo yaratish uchun qilgan sa’y-harakatlari va boshqa ushbu quroldan hech qachon foydalanmaslik kerakligini isbotlagani uchun berilgan.
Ma’lumot uchun, sovrindor tashkilot Xirosima va Nagasaki atom bombalari jabrdiydalari tomonidan yaratilgan. Tashkilotning a’zolari ushbu hujumlardan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun lobbichilik qiladi va yadroviy qurollarni bekor qilishga chaqirib keladi.
2023-yilda ushbu yo‘nalishda mukofot sovrindori ayollarga nisbatan zulmga qarshi kurashgan eronlik huquq himoyachisi Narges Muhammadiga berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 14-oktabrda Alfred Nobel xotirasiga iqtisod bo‘yicha mukofot topshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edi.