Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Avval u Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan
Ural Yusupov O‘zbekiston kon sanoati va geologiya vaziriga yangi o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yusupov ilgari Vazirlar Mahkamasida «mas’ul lavozimda» faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Yusupov Navoiy davlat konchilik instituti (bakalavriat), S.Ordjonikidze nomidagi Rossiya davlat geologiya va qidiruv universiteti (magistratura)ni tamomlagan.
Universum ilmiy maqolalar portal ma’lumotlariga ko‘ra, uning O‘zbekiston Respublikasi geologiya vazirligida boshqarma boshlig‘i sifatida ham faoliyat yuritgan.
Avvalroq Kursiv O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatida ham kadrlar o‘zgarishi bo‘layotgani haqida xabar bergan edi.