Trampning dollarni zaiflashtirish taklifi toʻsiqlarga duch keladi – JPMorgan
JPMorgan tahlilchilarining fikricha, Federal zaxira tizimi va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikning yoʻqligi Donald Tramp ma’muriyatining dollar kursini zaiflashtirish boʻyicha potensial urinishlariga toʻsqinlik qilishi mumkin. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Tramp va uning hamkori Ogayo shtati senatori Jey Vens uchun dollarning mustahkamligi mavzusi eng muhim masala hisoblanadi. Trampning dollarni qadrsizlantirish istagi uning savdo siyosatiga zid boʻlishi mumkin, chunki import bojlari yuqori boʻlgan mamlakat valyutasi kuchayishi kutilmoqda.
Biroq bu Tramp ma’muriyati dollar kursini pasaytirish choralarini koʻrib chiqishi mumkinligini istisno etmaydi. JPMorgan iqtisodchisi Michael Feroli Trampning Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kabi vositalariga ega ekanligini ta’kidladi. Biroq bunday harakatlarda Federal zaxira tizimi bilan hamkorlik noaniqligicha qolmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShning davlat qarzi ikki kun ichida qariyb $350 milliardga oshgani haqida xabar bergan edi.