Uzum Market xaridorga onlayn vitrinani taqdim etadi

eʼlon qilindi
Yil oxirigacha buyurtmalarni topshirish punktlari uch barobarga ko‘paytiriladi
Foto: Uzum

Joriy yil 10-oktabrdan Uzum Market hamkorlar bilan ishlashning yangi sxemasi – FBS’ni (Fulfilment by Seller) ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.

Endilikda sotuvchilar mahsulot zaxiralarini, ularni qadoqlanishini mustaqil boshqarishi va mahsulotlarni o‘z omborida saqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Marketpleys esa xaridorga onlayn vitrina va logistikani taqdim etadi.

FBS modeli bo‘yicha ishlaydigan sotuvchilar uchun komissiya va logistika yig‘im shartlari bir xil bo‘ladi. FBO modelida esa marketpleys o‘z omborlarida tovarlarni saqlash va ularni mijozga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Shu bilan birga, o‘z omborxonalariga ega bo‘lgan sotuvchilar, masalan, ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar, shuningdek, oflayn do‘konlar egalari milliy marketpleys bilan ishlashning qulay sxemasini tanlashlari mumkin bo‘ladi.

«Biz uchun esa FBS modelining paydo bo‘lishi – bu platforma assortimentini sezilarli darajada kengaytirish va O‘zbekiston aholisiga yanada ko‘proq tovarlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish uchun yana bir imkoniyatidir», – dedi Uzum Market bosh direktori Ilshat Xametov.

Ma’lumot uchun, 2024-yil oxiriga qadar marketpleys buyurtmalarni topshirish punktlari tarmogʻini uch barobarga oshirishni rejalashtirmoqda.

Platforma bilan ishlash boʻyicha batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali topish mumkin.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzum Tezkor va Korzinka Go hamkorlikda yetkazib berish xizmatini yoʻlga qoʻygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek