Xitoyning Neta elektromobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirdi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda savdoni boshlagan birinchi davlat bo‘ldi
Foto: Zagwheels.com

Oʻzbekistonda Neta X elektromobili taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda Xitoyning Hozon Auto kompaniyasi Instagram’da ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Xitoydan kompaniya bozorga kirgan birinchi davlat bo‘ldi.

Neta X dvigatelining quvvati 163 ot kuchiga teng bo‘lib, maksimal tezlik 501 km/s. Mashina charm salon, iqlim va kruiz nazorati, mediatizim bilan jihozlangan.

Hozon Auto 2014-yilda tashkil etilgan va Jiaxing shahrida joylashgan. Kompaniya avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqaradi. 2023-yil oxirida 127,5 mingta avtomobil sotilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonga sakkiz oy ichida deyarli necha mingta elektromobil import qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek