Yaqin Sharqdagi notinch vaziyat tufayli neft o‘sishda davom etmoqda
Neft ketma-ket ikkinchi hafta ham geosiyosiy vaziyat tufayli o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda WSJ va Reuters manbalari ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, investorlar Isroilning Eronga javob zarbasini kutishmoqda. Agar Fors ko‘rfazi davlatlari Isroilga havo hududini ochsa, Eron urush bilan tahdid qilmoqda. Ar-Riyod va uning qo‘shnilari neft inshootlariga zarba berilishidan xavotirda.
Shuning uchun Fors ko‘rfazi mamlakatlari Isroilni Eronga javob qaytarishini oldini olishi uchun AQShni Isroilni to‘xtatishga undamoqda.
Fors ko‘rfazi davlatlari Vashingtonni Isroilning Eronning neft obyektlariga hujumini to‘xtatish uchun lobbichilik qilmoqda. Bunga sabab esa mojaro avjiga chiqsa, neft obyektlari Tehronning ishonchli vakillari tomonidan o‘qqa tutilishidan xavotiridir.
Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar kabi Fors ko‘rfazi davlatlari ham urush markaziga tushib qolmaslikka urinishlari doirasida Isroilga Eronga har qanday hujum uchun havo hududi orqali uchib o‘tishga ruxsat bermayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriya BRIСS sammiti oldidan neftni dollar o‘rniga mahalliy valyutada sotishga qaror qilgani haqida yozgan edik.