Ijara bozorida eng katta oʻsish Sirdaryo viloyatida kuzatildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi
Foto: Pexels.com

Statistika agentligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ijara xizmatlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Ayniqsa, Sirdaryo viloyatida bu o‘sish juda sezilarli.

2024-yilning yanvar – avgust oylarida ijara xizmatlari respublika bo‘yicha 5,8 trln so‘mni tashkil etgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 4,9 % ga o‘sgan. Viloyatlar kesimida Sirdaryo yetakchi bo‘lib, o‘sish 18,7 % ni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinni Samarqand viloyati egalladi (+10,5 %), uchinchi o‘rinda esa Farg‘ona viloyati joylashdi (+6,6 %).

Avvalroq Kursiv Uzbekistan turarjoy uchun talaba bilan tuzilgan ijara shartnomalari 21 mingga ortgani haqida yozgan edi.

Shuningdek