Malika Tagmatova Samarqandda O‘zbekistonga birinchi medalni keltirdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
U kumush medal sohibi boʻldi

Malika Tagmatova
Samarqandda oʻtayotgan Osiyo chempionatida Oʻzbekiston eshkak eshuvchi Malika Tagmatova birinchi medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Yengil vazn toifasida yakkalik dasturida (LW1x) qatnashgan Tagmatova finalida 8:17.538 daqiqa natija bilan ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medal sohibasi boʻldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 10-oktabr kuni Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi futbol uchrashuvi haqida yozgan edi, unda jamoalar durang oʻynadi. Chiptalarga bo‘lgan yuqori talab tufayli Toshkentda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.