Samarqandda oʻtayotgan Osiyo chempionatida Oʻzbekiston eshkak eshuvchi Malika Tagmatova birinchi medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Yengil vazn toifasida yakkalik dasturida (LW1x) qatnashgan Tagmatova finalida 8:17.538 daqiqa natija bilan ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medal sohibasi boʻldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 10-oktabr kuni Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi futbol uchrashuvi haqida yozgan edi, unda jamoalar durang oʻynadi. Chiptalarga bo‘lgan yuqori talab tufayli Toshkentda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.