O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi Abu-Dabida o‘tayotgan «Katta dubulg‘a» turnirida o‘zining birinchi medalini qo‘lga kiritdi. -66 kg vazn toifasida ishtirok etgan Muhriddin Tilovov bronza medaliga ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Yarim finalgacha yetib kelgan sportchi final ostonasida neytral sportchi Murad Chopanovga imkoniyatni boy berdi. Uchinchi o‘rin uchun kurashda esa yaponiyalik Takeshi Takeokani mag‘lub etib, sovrindorlar qatoriga qo‘shildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda o’tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston eshkak eshuvchisi Malika Tagmatova birinchi medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.