2023-yilning sentabr oyida Toshkentning Sergeli tumanidagi «Quruvchilar» dahasida sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida aybdor deb topilgan shaxslar ustidan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.
Portlash oqibatida bir o‘smir halok bo‘lib, 163 kishi jarohatlangan edi. Mazkur ish bo‘yicha 4 nafar aybdor har biri 5 yil muddatga qamaldi. «Inter Logistics» va «Polychem» kompaniyalari jabrlanganlarga 282 milliard so‘m miqdorida tovon to‘lashi belgilandi.
Ushbu hodisa omborxonada yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi tufayli sodir bo‘lgani aniqlangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentning Sergeli tumanidagi yong‘in oqibatlari haqida batafsil yozgan edi.