Toshkentda Wi-Fi va USB port bilan jihozlangan avtobus bekatlari paydo bo‘ladi – video
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Poytaxtda jamoat transportini modernizatsiya qilish doirasida yangi avtobus bekatlari oʻrnatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bekatlar multimedia ekranlari, Wi-Fi, USB portlari, kuzatuv kameralar va shoshilinch chaqiruv tugmalari (112) bilan jihozlangan.
Avvalroq, Kursiv Uzbekistan Namanganda 10-oktabrdan boshlab Xitoyning Yutong kompaniyasining 26 ta avtobusi harakatlana boshlagani haqida yozgan edi.