Yangiliklar

Wildberries kompaniyasi rahbari Tatyana Kim sobiq eri Vladislav Bakalchukni 37 milliard rubl o‘g‘irlashda aybladi – video

U o‘zining Telegram-kanalida videomurojaat e’lon qildi
Rasm: Skrinshot

«Wildberries» kompaniyasi rahbari Tatyana Kim sobiq turmush oʻrtogʻi Vladislav Bakalchukni 37 milliard rubl miqdoridagi mablagʻni oʻgʻirlaganda aybladi. U o‘zining Telegram-kanalida videomurojaat e’lon qildi.

Kim video murojaatida Bakalchukni o‘tgan yili noto‘g‘ri harakatlari tufayli bir qator muammolar keltirib chiqarganini va uning jamoasi kompaniyani 37 milliard rublga aldab ketganini aytdi. Tatyana bu holat faqat Wildberries biznesini emas, balki kompaniya bilan hamkorlik qilayotganlarning ham ishini xavf ostiga qo‘yganini ta’kidladi.

«Vladislav bilan nima boʻlayotganini bilmayman. U aqlini yoʻqotgandek taassurot qoldirmoqda. Xodimlarimizga tinimsiz tahdidlar, xakerlik hujumlarini tashkil qilish, qurilayotgan omborlarimizga hujumlar, shikoyatlar va ayblovlarning cheksiz oqimi davom etmoqda», – dedi Kim.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/10/tatyana-kim.mp4
Video: Tatyana Kim Telegram-kanali

Bunday murakkab vaziyatlarga qaramasdan, Kimning soʻzlariga koʻra, marketpleys faol sotuv mavsumiga har qachongidan ham tayyor.

Eslatib oʻtamiz, MDHning eng yirik marketpleysi atrofidagi murakkab vaziyat davom etmoqda. Bakalchuk Kimning WB’dagi ulushini muzlatish toʻgʻrisidagi sudda magʻlub boʻldi. Shuningdek, Vladislavni qoʻllab-quvvatlagan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov senator Sulaymon Kerimov va Rossiya Davlat dumasi deputatlari Bekxan Baraxoyev hamda Rizvan Kurbanovga nisbatan qonli qasos olish bilan tahdid qildi.