Avtobuslar uchun ajratilgan yoʻldan boshqa transport vositalari harakatlanishi taqiqlandi

eʼlon qilindi
Tezkor va maxsus avtomobillardan tashqari
Foto: Transport vazirligi

Yoʻnalishli jamoat transporti vositalari uchun alohida ajratilgan tasmali yo‘lda harakatlanishga doir qoidalarga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda YHXX ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yoʻnalishli jamoat transporti vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan boshqa transport vositalari harakatlanishi taqiqlanadi. Faqatgina tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari bundan mustasno.

Ushbu yoʻlda harakatlanishi taqiqlangan transport vositalari faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanishi mumkin.

Shuningdek, transport vositalari mazkur yoʻlakda harakatlanib kelayotgan yoʻnalishli transport vositasi harakatiga toʻsqinlik qilmasligi va unga yoʻl bergandan soʻng yondosh hududga kirish yoki chiqish harakatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-sentabrdan YHXX jarimalari ustidan elektron shikoyat qilish mumkin bo‘lishi haqida yozgan edik.

Shuningdek