Yangiliklar

Farzandlarini hayvonlarga taqlid qilishiga qo‘yib bergan ota-onalar jarimaga tortiladi – IIV

1,9 mln soʻmgacha
Foro: Wikipedia.org

Ota-onalar o‘z farzandlarining hayvonlarga taqlid qilishda namoyon bo‘ladigan kvadrober submadaniyati alomatlari uchun jarimaga tortiladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ogohlantirdi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida shunday harakatlar kuzatila boshlangan. Jumladan, 10 oktabr kuni hayvonlar qiyofasidagi niqoblarni taqib olgan «kvadrober» uchratilgan, 11-oktabrda esa yana bir «kvadrober» yoʻlovchilarga itga taqlid qilib hujum qilgan va bolani qattiq qoʻrqitgan.

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi BHMning 5 barobarigacha (1,9 mln soʻmgacha) jarimaga tortishga sabab boʻladi.

Shuningdek, kvadroberlik bolaning ruhiy va emotsional sogʻligʻiga qanday ta’sir etganini aniqlash maqsadida zarur hollarda bolalarni maxsus psixologik koʻrikdan oʻtkazish ham talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tunda fuqarolar tinchini buzganlik uchun jarimalar qanday oshishi haqida yozgan edik.