Jizzax viloyatidagi «Forish» poligonida Qozog‘iston va O‘zbekiston qurolli kuchlari ishtirok etgan harbiy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mashq ikki bosqichdan iborat bo‘ldi. Birinchi bosqichda qurolli guruh davlat chegarasini kesib o‘tib, mahalliy aholining uylarini egallab oldi. Bu harakatlardan maqsad diqqatni chalg‘itish va keyingi hujumlar uchun sharoit yaratishdir.
Ikkinchi bosqichda soxta dushman Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegaralari yaqinida katta kuchlarni toʻpladi va bosqinga tayyorlandi. Ikki davlat harbiy boʻlinmalari birgalikda qoʻporuvchilikni bostirish va muhim strategik obyektlarni qoʻriqlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq harbiy xizmatchilar javobgarligiga oid qonun qabul qilingan edi.