O‘zbekistonda Hyundai Rotem elektropoyezdlari ishlab chiqarilishi mumkin
Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev «Hyundai Rotem» kompaniyasining «Global Rail Group» rahbari Kvak Chol Xun boshchiligidagi delegatsiya vakillari uchrashuvida zamonaviy elektropoyezdlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani muhokama qilindi. Bu haqda Vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Koreyaning KORAIL kompaniyasi tomonidan bugungi kunda ekspluatatsiya qilinayotgan elektropoyezdlar turini mahalliylashtirish orqali ishlab chiqarish taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, ishlab chiqarish taklif qilinayotgan elektropoyezdlarning asosiy texnik xususiyatlari boʻyicha ma’lumotlar almashildi.
Tomonlar loyihaga doir qoʻshimcha imkoniyatlarni oʻrganish, takliflarni ko‘rib chiqish va yangi ishlab chiqarish hududlarini koʻzdan kechirishni kelishib oldilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangandagi jamoat transportlari Yutong avtobuslari bilan yangilangan edi.