Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan, yarim o‘rta vazn toifasida UFC reytingida uchinchi o‘rinni egallab turgan Shavkat Rahmonov ushbu vazn toifasida UFC chempioni unvoni uchun amerikalik Belal Muhammad bilan kuch sinashadi, deb yozadi «Vesti.kz». Bu haqda prezident Dana Uayt ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, jang 8-dekabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida UFC 310 turnirida bo‘lib o‘tadi.
Belal 11 jangdan iborat g‘labali seriyani davom ettirmoqda. Bu uning birinchi titul himoyasi.
Shavkat Rahmonov UFC doirasida o‘tkazgan 18 ta jangning barchasida g‘alaba qozonib, birinchi raunddayoq raqiblarining yarmini yengib ulgurgan.
Ma’lumot uchun, Rahmonov etnik qozoq bo‘lib, 2014-yilda u Qozog‘iston davlat fuqaroligini olgan va oilasi bilan doimiy yashash uchun Surxondaryodan ko‘chib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda aralash jang san’ati (MMA) taqiqlangani haqida yozgan edik.