Umra faoliyati bilan shug‘ullanishga yangi talablar qo‘yildi

eʼlon qilindi
Litsenziya Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan beriladi
Foto: Wikiway.com

Vazirlar Mahkamasi «Umra» tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lum qildi.

Quyidagi talab va shartlar joriy etilmoqda:

  • Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida diniy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassisni ziyoratchilarga guruh rahbari etib tayinlash;
  • tarkibida diniy ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha ta’lim muassasasi yoki Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining bitiruvchisi boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi;
  • voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat koʻrsatmaslik;
  • $1 mln miqdordagi mablagʻni «Ziyorat» jamgʻarmasiga zaxira qilish;
  • oʻz faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik;
  • ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistoni Podshohligining faqat «Umra» vizasini rasmiylashtirish, boshqa viza bilan fuqarolarni olib borish noqonuniy hisoblanadi.
  • «Umra» xizmatlarini Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkilot oʻrtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshirish hamda ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarni bank muassasalari orqali amalga oshirish;
  • ziyoratchilarga sifatli «Umra» xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, Saudiya Arabistonining Makka va Madina shaharlarida ziyoratchilarga oʻz vaqtida tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish;
  • xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi va yuk tashish boʻyicha 2 yildan kam boʻlmagan tajribaga ega hamda ushbu davr mobaynida yoʻlovchi tashishning xalqaro va milliy qonunchilik talablarini buzmagan aviakompaniyalar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, ziyoratchilarni yuborishdan oldin ularga borish-kelish aviachiptalarini xarid qilish;
  • ziyoratchilarni toifasi 3 yulduzdan kam boʻlmagan mehmonxonalarga joylashtirish;
  • «Umra» xizmatini uchinchi davlatlar orqali koʻrsatmaslik;
  • «Umra» xizmatini litsenziyada koʻrsatilgan manzildan boshqa joyda joylashgan vakolatxona va filial orqali amalga oshirmaslik;

Shuningdek, bu faoliyatda huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln soʻm) etib belgilangan.

Ma’lumot uchun, «Umra»ni tashkil etish va oʻtkazishga oid xizmatlarini litsenziyaga ega boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatish taqiqlangan. Din ishlari boʻyicha qoʻmita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Umra» tadbirlarini tashkil qilayotgan turoperatorlar ogohlantirilgan edi.

Shuningdek