Yaponiyaning Sumitomo korporatsiyasi O‘zbekistonda logistika markazi ochmoqchi
eʼlon qilindi
Shuningdek, kompaniya bojsiz savdo zonalarini tashkil etishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev va Yaponiyaning «Sumitomo Corporation» kompaniyasi bosh vakili Norixiko Nonaka O‘zbekistonda logistika markazi va bojsiz savdo zonalarini tashkil etish masalasini muhokama qildi. Bu haqda Vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Korxona mahalliy va xalqaro bozorlarga talab yuqori bo‘lgan avtomobillar va ehtiyot qismlarni yetkazib berishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuvda tomonlar loyihaning asosiy bosqichlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, moliyaviy va infratuzilma masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzum Market xaridorga onlayn vitrinani taqdim etishi haqida yozgan edik.