Yangiliklar

Amerikalik millionerlarning aksariyat qismi Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlaydi

Nomzodni 76 ta millioner qo‘llab-quvvatlagan
Foto: Newsweek.com

AQSHda kuzgi prezidentlik saylovlarida 100 ga yaqin milliarderlar o‘zi qo‘llab-quvvatlayotgan nomzod haqida ommaviy bayonot bilan chiqishdi. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, ularning aksariyati vitse-prezident Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ommaviy axborot vositalari hisob-kitoblariga ko‘ra, Xarris nomzodini 76 ta millioner qo‘llab-quvvatlagan. Yana 49 ta millioner sobiq prezident Donald Trampni tanlagan. Shunga qaramay bir qator media tadbirkorlar hali o‘z bayonotlarini bermagan. Ular orasida Amazon asoschisi Jeff Bezos, dunyodagi eng boy odamlardan biri Uorren Baffet, Meta kompaniyasi rahbari Mark Sukerberg va saxovatpesha Bill Geyts bor.

Sentabr oyida o‘ndan ortiq millionerlar Xarrisni qo‘llab-quvvatlab xat imzolashgan, xatda ular vitse-prezidentning «qonun ustuvorligi, barqarorlik va sog‘lom biznes muhitini qo‘llab-quvvatlovchi, adolatli va barqaror siyosat olib borishda davom etishi»ga umid bildirishgan.

Forbes qayd etishicha, yana bir qator millionerlar nomzodlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Biroq ularning ishtiroki haqida faqat saylovlardan keyin saylov komissiyasining hisobotlari e’lon qilinganida ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Amerikada saylovlar 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp g‘alaba qozonsa, texnologik tadbirkor Ilon Maskni hukumatni audit qilish komissiyasi rahbari etib tayinlashni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgan edi.