Istiqbolli loyihalar milliy agentligi avtotransport vositalarini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha kompensatsiya miqdorini ikki baravar oshirishni taklif qilmoqda. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga ILMA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, may oyida ILMA transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 2019-yilda tasdiqlangan sug‘urta tariflarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar qabul qilinganini e’lon qilgan edi.
Regulyator yil davomida sug‘urta to‘lovlarini kechiktirish va tovon to‘lashning maksimal miqdori yetarli emasligi haqidagi shikoyatlar soni keskin oshganini qayd etdi.
Agentlikning ta’kidlashicha, ayni damda Oʻzbekistonda sugʻurta summasi va sugʻurta mukofoti qoʻshni davlatlar, jumladan, Rossiya, Qozogʻiston va Ozarbayjonga nisbatan eng past koʻrsatkichdir.
Taklif bo‘yicha tegishli hujjat qabul qilinsa, yengil avtomobillar, yuk avtomobillari, avtobus va mikroavtobuslar, tramvaylar, mototsikl va skuterlar, traktorlar, yo‘l qurilish texnikalarining MTPL tarif stavkalari ham o‘zgaradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari endilikda aksiyalarga egalik qilishlari mumkin bo‘lishi haqida yozgan edik.